"Mashaqqatli mehnat meni cho'qqiga olib chiqdi"
Krishtianu Ronaldu kelajakdagi rejalari haqida gapirdi

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelajakdagi rejalari haqidagi savolga javob berdi.
“Men shu yil va keyingi mavsumda o'ynashni davom ettiraman, keyin tanamga qarayman va davom eta olamanmi yoki yo'qmi? Barchasi keyin aniq bo'ladi. Mashaqqatli mehnat meni cho'qqiga olib chiqdi", - dedi Ronaldu.
Ronaldu “Al-Nasr”da 2023-yilning yanvaridan buyon o‘ynab kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2025-yilgacha mo'ljallangan. Ayni damda barcha turnirlardagi 12 uchrashuvda portugaliyalik futbolchi 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Saudiya Arabistoni Pro-ligasida 10 ta o‘yindan so‘ng “Al-Nasr” 22 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.







