"Real"ga qarshi o‘yinda hakamlar halol ishlashiga ishonaman"
Xavi Madrid jamoasiga qarshi o'yin haqida gapirdi.

Xavining fikricha, hakamlar "El Klasiko"da xolis ishlashlari kerak.
"Hakamlar borasida xavotirlanmayman. Biz hech qanday shart qo‘ymasligimiz kerak. Hakamlar qo‘mitasiga shart qo‘yish menga yoqmaydi. Hakamlarga ishlash imkoniyatini berishimiz kerak. Men ularning halolligiga ishonaman", — dedi "Barselona" bosh murabbiyi.
Eslatib o'tamioz, 28-oktabr kuni "Barsa" "Real"ga qarshi maydonga tushadi.
La Liga turnir jadvalida Madrid klubi 25 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi, 24 ochkoga ega Xavi jamoasi 3-pog‘onada.







