Kasemiro "Manchester Yunayted"ga o'tganidan afsusda
Klub uning o'rniga 19 yoshli Neveshni sotib olmoqchi.

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemiro jamoaga o'tish qarorini xato deb hisoblaydi.
Xabarlarga ko'ra, klub braziliyalik futbolchining o'yinlaridan norozi, uning o'zi ham "Real"ni tark etib, maydonda ham, undan tashqarida ham beqarorlik mavjud jamoaga qo'shilganidan afsusda.
Qayd etilishicha, "iblislar" rahbariyati Kazemiro o'rniga "Benfika"ning 19 yoshli futbolchisi Joau Neveshni qo'lga kiritish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Muzokaralar allaqachon boshlangan, portugaliyaliklar futbolchisi uchun kamida 70 million yevro olmoqchi.







