Jahon

Madaniyat va sport turizmiga e'tibor qaratgan Mug'la “yillik 3 million sayyoh” maqsadiga yaqinlashdi

Mug'la va uning turistik tumanlarida ochilgan ko'plab sport tashkilotlari, madaniy tadbirlar va qadimiy shaharlar bilan yanvar-sentabr oylari oralig'ida shaharga kelgan xorijlik sayyohlar soni 2 million 977 ming 427 nafarga yetdi.

Madaniyat va sport turizmiga e'tibor qaratgan Mug'la “yillik 3 million sayyoh” maqsadiga yaqinlashdi

Mug'la

Har yili ko'plab xorijlik sayyoh tashrif buyuradigan Mug'la, turli mamlakatlardan kelgan sayyohlar bilan bir qatorda mahalliy ziyoratchilar tomonidan ham qadrlanadi.

 

15-oktabr kuni e’lon qilingan raqamlarga ko‘ra, 2023-yilning 1-yanvaridan 30-sentabrgacha shaharga 2 million 977 ming 427 nafar sayyoh tashrif buyurgan. Sayyohlar orasida 1 million 253 ming 679 kishi bilan inglizlar takroran birinchi o'rinni egalladi. 

 

 

Mug'lada o'tkazilgan Prezidentlik Velosiped Turi, milliy va xalqaro yaxta poygalari, kanoe va eshkak eshish chempionatlari, yelkanli poygalar, O'lik dengizi havo o'yinlari va sport turizmi bilan bir qatorda, 23 xil hududda olib borilgan qazishmalar bilan ko'plab qadimiy shaharlar, xorijlik ziyoratchilarni kutib oldi.

 

Hokim Idris Akbiyik, AA muxbiriga bergan bayonotida, tarixiy, tabiiy go'zalliklari va madaniy xususiyatlarni o'zida mujassam etgan shaharning turizm nuqtai nazaridan ahamiyatli ekanini ta'kidladi.

 

Mug'laga tashrif buyurgan sayyohlarning 9 ta bojxona darvozasi va 2 aeroport orqali kirishlarini kuzatuv ostiga olgan Akbiyik, mintaqada turizm mavsumining davom etayotganini va shaharning faqat dengiz, qum va quyosh uchburchagidan iborat emasligini qo'shimcha qildi.

 

So'nggi yillarda Mug'lada turizm yanada rivojlanganligini, shu bilan birga madaniyat va sport turizmiga ham alohida e'tibor qaratilayotganini ta'kidlagan Akbiyik: “Mug'la, tumanlari bilan birga turizm sektori juda rivojlangan shahardir. Turizmni har tomonlama yaxshilash ustida ishlayapmiz. Bugungi kunga kelib viloyatimizga kelayotgan xorijlik sayyohlar soni 2 million 977 ming 427 nafarni tashkil etmoqda.  Bu ko'rsatgich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 14 foizga o‘sgan va umid qilamanki, yil oxirigacha 3 milliondan oshadi” - dedi.

 

U shaharga eng ko'p tashrif buyuruvchilarning Angliya, Germaniya, Rossiya, Gollandiya va Polshadan kelganini qayd etdi.

Mintaqaga havo va dengiz bojxona eshiklari orqali hamon sayyohlar oqimining davom etayotganini ta'kidlagan Akbiyik, yil oxiriga kelib, o'tgan yili Mug'laga kelgan sayyohlar sonidan sezilarli darajada ortishini aytdi.

 

custom img

Qozog‘istonda elektr skuterlarni piyodalar yo‘laklarida haydash taqiqlandi

Cheklovlar yo‘l-transport hodisalari sonining ortib borayotgani sabab joriy etilgan.

custom img

AQSh Eron bilan aloqador 60 dan ortiq tashkilot, shaxs va kemaga sanksiya joriy qildi

Vashingtonning maqsadi Eronni xalqaro miqyosda yanada yakkalash va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining moliyalashtirish manbalarini cheklashdan iborat.

custom img

Singapur oilalarga har bir farzand uchun 55 ming dollardan ortiq yordam beradi

Mamlakat tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirmoqda.

custom img

AQSh 200 minggacha vizalarni bekor qilishi mumkin

Viza bekor qilinishi uning egasi darhol AQShdan deportatsiya qilinishini anglatmaydi.

custom img

AQSh Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi

Endi ro‘yxatda Kuba, Eron va Shimoliy Koreya qolmoqda.

custom img

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

custom img

Eron kelgusi 50 yillik tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Mudofaa vazirligi mamlakatga kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik tahdidlarini o‘rganib, mudofaa siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishlarini belgiladi.

custom img

“Urush davom etayotgan paytda saylov o‘tkazish Ukrainani parchalab yuboradi” – Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakatda saylov o‘tkazish masalasini muhokama qilishdan avval urush sharoitidagi xavfsizlik muammolari va jamiyatdagi ehtimoliy bo‘linishlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"