Mbappe Anrini ortda qoldirdi
U Chempionlar ligasidagi navbatdagi golini urdi.

Manbaga ko'ra, Mbappe UEFA Chempionlar ligasining uy uchrashuvlarida ketma-ket sakkizta gol urgan birinchi fransuz bo'ldi. U 2001-yilning martidan 2002-yilning fevraligacha “Arsenal” safida 7 ta gol urgan Tyerri Anrini ortda qoldirdi.
Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turi doirasida "PSJ" "Milan"ni qabul qilib, 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu uchrashuvdagi gollardan birini Mbappe kiritdi.
Mbappe 2018-yildan beri "PSJ"da o'ynab kelmoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2024-yilgacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda fransiyalik futbolchi barcha turnirlarda 11 ta o‘yinda qatnashib, o‘nta gol urdi va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.







