Sport

Ronaldu va Messisiz o'tgan eng qiziqarli beshta "El-Klasiko"

O'yinlar har xil yillarda bo'lib o'tgan.

Ronaldu va Messisiz o'tgan eng qiziqarli beshta "El-Klasiko"

 

Uzoq vaqt davomida "Real" va "Barselona" o'rtasidagi raqobat Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi bilan bog'liq edi. Vaholanki, so'nggi yillarda klasikolar bu buyuk futbolchilar ishtirokisiz o'tmoqda. "Real" va "Barsa" o'rtasidagi Messi va Ronaldusiz o'tgan unutilmas o'yinlarni eslash vaqti keldi.

 

"Real Madrid" - "Barselona" - 11:1, 1943-yil

 

1943-yilgacha "Real" va "Barselona" o'rtasida hech qanday shiddatli raqobat bo'lmagan. Sobiq Ispaniya kubogi yarim finalida esa hammasi o'zgardi. Qur'a natijasida ikkala jamoa ham yarim finalga olib chiqadi. Kataloniyaliklar o'z uylarida raqiblarini mag'lub etishadi, ammo madridliklar o'yin "Les Korts" stadionida bo'lganidan norozi bo'lishadi. Tribunadan "Real Madrid" futbolchilariga nisbatan doimiy haqorat bo'lib turardi. Madrid gazetalari raqibni hakamlarga pora berishda va muxlislarning vahshiylikda ayblaydi.

 

Oradan bir hafta o‘tib Madridda “Barselona” avtobusi toshbo‘ron qilinadi va stadiondagi muxlislarga o‘yin davomida ishlatishga maxsus hushtaklar beriladi. Shu tariqa, o'yin davomida kataloniyaliklarga doimiy tazyiq bo'ladi va 1943-yilgi "Klasiko"da 'Barsa" eng og'ir mag'lubiyatni qabul qilib oladi.

 

"Barselona" - "Real Madrid" - 5:0, 1994-yil

 

O'shanda “Kamp Nou”da hamma raqib ustidan g‘alaba qozonishni kutgandi, ammo bunday muvaffaqiyatli natijaga hech kim ishonmasdi. Biroq, Yoxan Kroyff shogirdlari madridlik mehmonlarni shunchaki oyoq osti qilishadi. Uchrashuvning asosiy qahramoni Romario bo'ladi.

 

Braziliyalik futbolchi o'sha mavsumda 30 ta gol uradi va La Ligada mavsum to'purarlari ro'yxatida birinchi o'rinni egallaydi. Shuningdek, uning jamoasi chempionlik unvonini qo'lga kiritadi.

 

"Real Madrid" - "Barselona" - 5:0, 1995-yil

 

Esda qolarli o'yindan bir yil o'tib Madrid klubi xuddi shunday hisobda revansh oladi. Bu yerda ham xet-trik qayd etiladi va Ivan Zamorano ularga mualliflik qiladi. Aytgancha, chililik futbolchiga bu natijaga erishish uchun bor-yo'g'i 39 daqiqa vaqt kerak bo'ladi. Shuningdek, mavsum yakunida Zamorano La Liganing eng yaxshi to'purariga aylanadi, "Real" esa "Barsa"ning gegemonligini sindirib, chempionlik unvonini qo'lga kiritadi.

 

"Real Madrid" - "Barselona" - 2:3, 1997-yil

 

1997-yilda "Real Madrid" dunyoning eng yaxshi klubi deb atalgan, "Barselona" esa ishonchsiz o'yinlar namoyish etardi. Kataloniyaliklarga Ispaniya chempionatida omad kulib boqadi, ammo Chempionlar ligasida ular butunlay muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Lui van Gal shogirdlari Kiyevning “Dinamo”, PSV va “Nyukasl” klublari bilan guruhda so‘nggi o‘rinni egallaydi. "Real" esa o'z navbatida chempionatda g'alaba qozonadi va pley-offga oson yo'l oladi.

 

Mazkur bahs oldidan mutaxassislar “Real”ning yirik hisobdagi g‘alabasini ham kutishgan edi. Aslida, hamma narsa boshqacha bo'lib chiqdi. Madrid klubi ustunlikka ega bo'ldi va raqib butun o'yin davomida bor yo'g'i to'rtta zarbani amalga oshirdi. Ammo ulardan uchtasi samarali bo'lib chiqdi. O‘yin oldidan Van Gal durang natija uchun ham qanoatlanayotganini tan oldi, ammo reja ortig‘i bilan bajariladi. "Barsa" ikki marta Rivaldo va Luis Enrikening gollari evaziga oldinga chiqib oladi, "Real" esa Raul va Davor Shukerning gollari bilan javob qaytaradi.

 

Madridliklar so'nggi daqiqalarda qarshi hujumni o'tkazib yuborishadi. Ikkinchi golli uzatmani Luish Figu amalga oshiradi, Jovanni esa bo'sh darvozaga zarba beradi. Braziliyalik futbolchi bu golni juda hissiyotlar bilan nishonlaydi. Mavsum yakunida “Barsa” Ispaniya chempioniga aylanadi, poytaxt klubi esa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

 

"Barselona" - "Real Madrid" - 2:0, 2000-yil

 

Luish Figu "Real Madrid"ga o'tganidan keyin "Kamp Nou"dagi birinchi o'yini. Portugaliyalik futbolchi Barselonada besh yil o'tkazadi, muxlislar kumiriga aylanadi va 2000-yilda Madrid klubi safiga kelib qo'shiladi. Kataloniya jamoasi muxlislari bu harakatni mutlaqo xiyonat deb bilishgan.

 

"Real Madrid" futbolchilari bo'lgan avtobus stadionga yaqinlashganda, politsiya maxsus yo'lak yaratishadi. Biroq, bu kataloniyalik muxlislarning mashinaga shisha va boshqa narsalarni uloqtirishiga to'sqinlik qilmaydi. Madridning “Real” klubi himoyachisi Fernando Yerro sodir bo‘layotgan hodisani sharmandalik deb ataydi va muxlislarni tinchlanishga chaqiradi. Ammo ular tinchlanmaydi va Figu maydon chetiga yaqinlashgan zahoti unga qarab narsalarni uloqtirishadi.

 

Yakunda "Barsa" 2:0 hisobida g'alaba qozonadi, ammo "Real" mavsum oxirida chempion bo'ladi. Figu esa dunyoning eng yaxshi futbolchisi sifatida etirof etiladi.

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"