Jahon

Tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkich: dunyoda qochqinlar soni rekord darajada oshdi

Birgina so‘nggi 9 oyda114 milliondan ortiq odam o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan.

Tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkich: dunyoda qochqinlar soni rekord darajada oshdi

 

BMT qochqinlar bo‘yicha agentligi (UNHCR) hisobotida Aytilishicha, 2023 yil boshidan (sentyabr oyi oxirigacha) butun dunyo bo‘ylab 114 milliondan ortiq odam o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘ldi, bu «xalqaro hamjamiyat mojarolarni hal eta olmaganini ko‘rsatuvchi yangi rekorddir».  

 

Ukraina, Sudan, Kongo Demokratik Respublikasi va Myanmadagi mojarolar, shuningdek, Somalidagi qurg‘oqchilik va suv toshqinlari hamda Afg‘onistonda davom etayotgan gumanitar inqiroz qochqinlar ko‘payishining asosiy omili bo‘lgan.

 

BMT qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari Filippo Grandining aytishicha, hozir dunyoning diqqat markazi G‘azo sektoridagi gumanitar falokatga qaratilgan. Ammo butun dunyo bo‘ylab juda ko‘p mojarolar tarqalmoqda yoki avj olmoqda, beayb odamlar o‘lmoqda yoki o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘lmoqda.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro hamjamiyat mojarolarni bartaraf eta olmagani yoki yangilarining oldini ololmagani «qochqinlar sonining ortishi va azob-uqubatga duchor bo‘lishiga olib keladi». 

 

Shuningdek, hisobotda, mamlakat ichida ko‘chishga majbur bo‘lganlar qochqinlarning 57 foizini tashkil etishi maʼlum qilingan. Shu bilan birga, chet elga qochib o‘tganlarning aksariyati — 75 foizi past va o‘rta daromadli mamlakatlar tomonidan qabul qilingan. 2023 yilning dastlabki 6 oyida dunyo bo‘ylab 1,6 million kishi boshpana so‘rab murojaat qilgan, bu tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. 

custom img

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

custom img

Eron kelgusi 50 yillik tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Mudofaa vazirligi mamlakatga kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik tahdidlarini o‘rganib, mudofaa siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishlarini belgiladi.

custom img

“Urush davom etayotgan paytda saylov o‘tkazish Ukrainani parchalab yuboradi” – Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakatda saylov o‘tkazish masalasini muhokama qilishdan avval urush sharoitidagi xavfsizlik muammolari va jamiyatdagi ehtimoliy bo‘linishlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlagan.

custom img

Rossiyada ikki Tojikiston fuqarosi ayollar kiyimida yurgani uchun deportatsiya qilinadi

Shuningdek, ularga nisbatan 10 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

custom img

Eron “Makka kelishuvi”ga qo‘shilish taklifini oldi

Tehron mintaqada umumiy “xavfsizlik soyaboni” yaratilishini ijobiy baholamoqda.

custom img

"Erkaklarning bir-birini quchoqlab, o‘pishi to‘g‘ri ish emas" — Toqayev

Qozog‘iston Prezidenti erkaklar, xususan, harbiylar o‘rtasida quchoqlashish odatini tanqid qildi.

custom img

Omskda qurilishdagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Hodisa oqibatida jami to‘rt kishi, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston fuqarolari halok bo‘lgan.

custom img

To‘qayev yangi prezidentlik muddatiga saylanishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi

Qozog‘iston yangi Konstitutsiyasi amaldagi prezidentga yana bir bor prezidentlik saylovida qatnashish imkonini berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"