Jahon

Turkiyada germaniyalik ayol "mehmonxona malikasi" unvoni oldi

U mehmonxonada 1071 kun yashagan.

Turkiyada germaniyalik ayol "mehmonxona malikasi" unvoni oldi

 

Turkiyada germaniyalik sayohatchiga "mehmonxona malikasi" unvoni berildi. 61 yoshli Sabine Daniels so‘nggi to‘qqiz yil davomida hashamatli mehmonxonada 1071 kun yashadi.

 

Sayyohning ta'kidlashicha, u Turkiyani va mamlakat iqlimini juda yaxshi ko‘radi, chunki bu uning sog‘lig‘iga foydali taʼsir ko‘rsatadi. Pandemiya boshlangan yil uning uchun eng og‘ir yil bo‘ldi: u sevimli mamlakatiga ucha olmadi.

 

Mehmonxona egalari tez-tez mehmonga keladigan nemis ayoliga minnatdorchilik bildirdi. Ular ayolga sertifikat taqdim etishdi va uni "mehmonxona malikasi" deb eʼlon qilishdi. Bunga javoban Sabine Daniels mehmonxona xodimlarini “ikkinchi oila” deb atadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"