Jahon

X platformasi audio va videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasi paydo bo‘ldi

Bu haqda ijtimoiy tarmoq egasi Ilon Mask maʼlum qildi.

X platformasi audio va videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasi paydo bo‘ldi

 

X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘i egasi Ilon Mask endi foydalanuvchilar audio va videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishi mumkinligini eʼlon qildi. 

 

Mask video va audioqo‘ng‘iroqlarning dastlabki versiyasi foydalanuvchilar uchun paydo bo‘lganini taʼkidladi. Shu tariqa u yangi funksiyani qanday yoqish haqidagi savolga javob qaytardi. 

 

 

Qayd etilishicha, funksiya hozircha faqat iOS foydalanuvchilari uchun mavjud. Aniqlik kiritilishicha, ushbu parametr avtomatik tarzda yoqiladi.

 

Agar siz X tarmog‘idagi qo‘ng‘iroqlarni qabul qilishni istamasangiz, unda shaxsiy xabarlar sozlamasiga kirib, uni o‘chirib qo‘yishingiz kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, sizga kimlar, yaʼni tekshirilgan akkauntlar yoki faqatgina obunachilar qo‘ng‘iroq qilishi mumkinligini tanlashingiz ham mumkin.

 

Avvalroq, Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ini barcha foydalanuvchilar uchun pullik qilmoqchi ekanini aytgandi. 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"