Jahon

Bayden va Si Szinpin uchrashadigan bo‘ldi

Uchrashuv noyabr oyida o‘tkazilishi mumkin.

Bayden va Si Szinpin uchrashadigan bo‘ldi

 

Noyabr oyida AQSH prezidenti Jo Bayden va Xitoy yetakchisi Si Szinpin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

 

Davlat rahbarlari 11-17 noyabr kunlari San-Fransiskoda bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti doirasida uchrashadi.

 

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I AQSH davlat kotibi Entoni Blinken va Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan bilan uchrashganda ushbu kelishuvga erishilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, 27 oktyabr kuni Bayden Van I bilan uchrashuv o‘tkazgan. Tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni muhokama qilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"