Jahon

COVID-19 alomatlari 1 yilgacha saqlanib qolmoqda

Alomatlar charchoq va tanadagi turli og‘riqlar bilan kechadi.

COVID-19 alomatlari 1 yilgacha saqlanib qolmoqda

 

Angliyadagi minglab bemorlarda COVID-19 alomatlari yuqtirilganidan keyin bir yildan ko‘proq vaqt o‘tgach davom etmoqda. Bu haqda Londondagi Imperial kolleji olimlari maʼlum qildi.

 

Ular infeksiyaga chalingan 250 ming kishining sog‘lig‘i holatini tahlil qilishdi. Natijada respondentlarning deyarli 8 foizi 12 hafta yoki undan ko‘proq davom etadigan doimiy alomatlar haqida xabar berishdi.

 

Alomatlar charchoq, diqqatni jamlashda qiyinchilik va turli joylarda og‘riqlar bilan kechadi.

 

Pandemiyaning boshida birinchi marta kasallik yuqtirgan odamlarda keyinchalik yuqtirganlarga qaraganda, infeksiya alomatlari ko‘proq davom etadi. Bu shuni anglatadiki, virusni erta yuqtirgan odamlar salomatlik bilan bog‘liq muammolarga duch kelishadi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"