Jahon

Erdog‘an Istanbulda miting bo‘layotgan joyga keldi

Turkiya rahbari Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha bayonot beradi.

Erdog‘an Istanbulda miting bo‘layotgan joyga keldi

 

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an vertolyotda Falastin bo‘yicha Istanbuldagi Otaturk aeroportida miting o‘tkazilayotgan joyga yetib keldi.

 

Turkiya rahbari Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha bir qator bayonotlar beradi.

 

Erdog‘an bo‘lgan vertolyot hudud bo‘ylab bir necha marta aylanib uchdi.

 

Mitingda Turkiya yetakchisi bilan birga hukmron Respublikachilar alyansiga mansub partiyalar yetakchilari so‘zga chiqishi kutilmoqda.

 

Avvalroq Anqara Misr, Saudiya Arabistoni, Liviya va Iordaniya rahbarlariga mitingda qatnashish uchun taklif yuborgani xabar qilingandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"