Jahon

Isroil-G‘azo mojarosi: iqtisodiy bozor qanday ahvolda?

Tahlilchilar yaqin 12-18 oyda energetika va mudofaa sanoati sektoriga investitsiyalar oshishini taxmin qilmoqda.

Isroil-G‘azo mojarosi: iqtisodiy bozor qanday ahvolda?

 

Ayni paytda Yaqin Sharqda davom etayotgan harbiy mojaro nafaqat jahon hamjamiyati, balki moliya bozorlarini ham shok holatiga tushirib qo‘ymoqda.

 

Hududdagi vaziyat jahon iqtisodiyotiga kuchli taʼsir ko‘rsatayotgani investorlarni o‘ylantirib qo‘ydi. Endi ular mojaro kattalashishi ehtimoli bo‘lgan davrda mablag‘ini nimaga xavfsiz tikishni o‘ylashi kerak.

 

Global investitsion loyihalarga ixtisoslashgan RCA Research kompaniyasi ular neft va mudofaa sohalariga pul tikishini taxmin qilmoqda. Chunki ularning fikricha, mojaro kamida yaqin bir yil davomida boshqa davlatlarga ham taʼsir qiladi. Natijada dunyoda neft shoki yuzaga keladi.

 

Kompaniya maʼlumotlariga ko‘ra, mojaroga "Hizbulloh" hamda Livan va Suriyadagi boshqa guruhlar aralashishi ehtimoli 45 foizni tashkil etadi.

 

"AQSH esa Eron bilan to‘liq masshtabli mojaroga borishdan qochadi. Chunki bu neft oqimini to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Eron ham bundan manfaatdor emas. Ammo mojaro ehtimoli 30 foizni tashkil qiladi, bu esa jahon iqtisodiyoti uchun juda katta xavf", - deydi kompaniyaning geosiyosiy strategi Mett Gertken.

 

RCA Research fikricha, eskalatsiya ehtimoli fonida yaqin 12-18 oyda neft narxi keskin ko‘tariladi. Ammo G‘azodagi urush buning yagona sababi bo‘lmaydi. Rossiya ham g‘arb sanksiyalari ostida neft qazib chiqarish hajmini kamaytirishi mumkin. Yetkazib berishdagi cheklovlar esa xomashyo narxi oshishiga sabab bo‘ladi.

 

Bu vaqtda AQSH ittifoqdoshlarini himoya qilish uchun mudofaa xarajatlarini oshirmoqda. Yevropa ham mudofaa sanoatiga ko‘proq mablag‘ ajratishni boshladi. Bu esa investorlar uchun yaxshi imkoniyat demakdir. Ammo Gertken mudofaa va energetika sohasi aksiyalarini sotib olishda aylanma aksiyalar nisbatiga eʼtibor qaratish kerakligini aytmoqda. Bu aksiyalar narxiga iqtisodiy o‘zgarishlar taʼsir qiladi.

 

Hozirgi iqtisodiy o‘sish prognozlari, jumladan, Xalqaro valyuta fondi maʼlumotlari ham keyingi yilda YAIM o‘sishi sekinlashishini ko‘rsatmoqda. Aylanma aksiyalar ham 2023 yilga nisbatan pastroq foyda keltiradi. Tahlilchilar energetika va mudofaa sektori ko‘proq daromad olishini aytsa-da, investorlar tilla yoki AQSH g‘aznasidagi obligatsiyalar kabi "barqaror aktivlarga" qiziqmoqda.

 

O‘tgan haftada neft sanoatiga uzoq muddatli investitsiyalar miqdori ikki martaga qisqardi. Xomashyo sotib olish bo‘yicha shartnomalar 398 mln barreldan 197 mln barrelga tushgan.

 

Boshqa bir ekspertlar guruhi esa agar harbiy harakatlar boshqa hududlarga tarqalmasa, Brent markasidagi neft narxi 3-4 dollardan ko‘p qimmatlashmasligini aytmoqda. Ammo agar Eron ham mojaroga aralashib, yiliga 700 ming barreldan kamroq neft qazib olishni boshlasa, u holda xomashyo narxi 10 dollarga qimmatlashishi mumkin.

 

Uchinchi ssenariyga ko‘ra, agar AQSH kabi yirik derjavalar ishtirokida to‘liq masshtabli urush boshlansa, jahon YAIM 1 trln dollarga qisqarishi mumkin. Bu jahon iqtisodiyotidagi retsessiyaga sabab bo‘ladi va neft narxi 150 dollar va undan ham qimmatlashishiga olib keladi.

 

Har qanday ssenariyda ham 2024-2025 yillarda AQSH iqtisodiyoti turg‘unlikka tushib qoladi. Buning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri - bu davrda ishsizlik darajasining yuqori bo‘lishidir. Bundan tashqari, turg‘unlik ehtimoli saylov natijalari va shu orqali jahon iqtisodiyoti barqarorligiga taʼsir qiladi.

 

Dollar narxi esa o‘ynab turishi mumkin, chunki uning bahosi neft bozoridagi savdoga bog‘liq. Ekspertlar Yaponiya iyenasi va Shveysariya frankini inqirozga chidamli valyutalarga kiritmoqda. AQSH g‘aznasi obligatsiyalari ham shu ro‘yxatdan o‘rin olgan. Bundan tashqari, kumush va misga kiritilgan investitsiya ham xavfsiz sanalmoqda.

custom img

Eron kelgusi 50 yillik tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Mudofaa vazirligi mamlakatga kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik tahdidlarini o‘rganib, mudofaa siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishlarini belgiladi.

custom img

“Urush davom etayotgan paytda saylov o‘tkazish Ukrainani parchalab yuboradi” – Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakatda saylov o‘tkazish masalasini muhokama qilishdan avval urush sharoitidagi xavfsizlik muammolari va jamiyatdagi ehtimoliy bo‘linishlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlagan.

custom img

Rossiyada ikki Tojikiston fuqarosi ayollar kiyimida yurgani uchun deportatsiya qilinadi

Shuningdek, ularga nisbatan 10 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

custom img

Eron “Makka kelishuvi”ga qo‘shilish taklifini oldi

Tehron mintaqada umumiy “xavfsizlik soyaboni” yaratilishini ijobiy baholamoqda.

custom img

"Erkaklarning bir-birini quchoqlab, o‘pishi to‘g‘ri ish emas" — Toqayev

Qozog‘iston Prezidenti erkaklar, xususan, harbiylar o‘rtasida quchoqlashish odatini tanqid qildi.

custom img

Omskda qurilishdagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Hodisa oqibatida jami to‘rt kishi, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston fuqarolari halok bo‘lgan.

custom img

To‘qayev yangi prezidentlik muddatiga saylanishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi

Qozog‘iston yangi Konstitutsiyasi amaldagi prezidentga yana bir bor prezidentlik saylovida qatnashish imkonini berdi.

custom img

Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga zarba berdi

Rossiya Mudofaa vazirligi bir kecha davomida 457 ta Ukraina droni urib tushirilganini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"