Jiru "Milan"da qoladi
U shartnomani uzaytiradi.

"Milan" fransiyalik hujumchi Olivye Jiru bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Xabarlarga ko'ra, italyan klubi rahbariyati Jiruga 2025-yilgacha shartnoma taklif qilishni rejalashtirgan. Qayd etilishicha, Fransiya terma jamoasi forvardi Saudiya Arabistoni va MLS klublaridan keyingi mavsum uchun ikkita juda foydali taklif olgan.
37 yoshli Jiru 2021/2022-yilgi mavsum boshidan beri "Milan"da to'p surmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda u 12 ta o'yinda qatnashib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.







