"Tottenhem" Sanchoni sotib olmoqchi
Klub futbolchi bilan APL chempionligini qo'lga kiritmoqchi.

"Manchester Yunayted" vingeri Jeydon Sancho qishki transfer oynasida Londonning "Tottenhem" klubiga o'tishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, angliyalik futbolchiga "shporlar" bosh murabbiyi Anjelos Postekoglou qiziqmoqda. "Tottenhem" ustozi Sancho jamoani kuchaytira oladi va Premyer-liga chempionligi uchun kurashda yordam bera oladi, deb hisoblamoqda.
"Manchester Yunayted" qishki transfer oynasida Sancho bilan xayrlashishga tayyor ekani avvalroq xabar qilingandi. Eslatib o'tamiz, futbolchi Ten Xagdan kechirim so'rashdan bosh tortgani uchun asosiy jamoa bilan mashg'ulot o'tkazishdan chetlashtirildi.
Sancho "Manchester Yunayted"da 2021-yildan beri o'ynab kelmoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2026-yilgacha mo'ljallangan.







