Ukraina qarshi hujum boshlanganidan beri 90 ming askarini yo‘qotdi — Shoygu
Rossiya mudofaa vazirining aytishicha, Rossiya Ukraina bo‘yicha muloqotga tayyor.

Kiyev 90 mingdan ortiq harbiy xizmatchi, 600 ga yaqin tank va turli toifadagi 1900 ga yaqin zirhli texnikasini yo‘qotdi.
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 10-Pekin Syanshan forumida Ukrainadagi maxsus operatsiyada Rossiya qo‘shinlari o‘ziga yuklangan vazifalarni uslubiy tarzda bajarayotganini maʼlum qildi.
“Rossiya qurolli kuchlari o‘zlariga yuklangan vazifalarni uslubiy va ishonchli bajarishda va tinch aholi xavfsizligini taʼminlashda davom etadi”, — dedi Shoygu.
Vazirning taʼkidlashicha, faqat 4 iyundan boshlab, qarshi hujum paytida Ukraina katta yo‘qotishlarga duch keldi.
“Kiyev 90 mingdan ortiq harbiy xizmatchini, olti yuzga yaqin tankni va turli toifadagi 1900 ga yaqin zirhli texnikasini yo‘qotdi. Shu bilan birga, jang maydonida taktik jihatdan ahamiyatli muvaffaqiyatlarga erishilmadi”, — deb eslatdi Shoygu.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb Ukrainadan Rossiyaga “strategik mag‘lubiyat” yetkazish uchun sarflanadigan material sifatida foydalanishga harakat qilmoqda.
“Rossiyaning o‘z xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha qonuniy huquqlariga eʼtibor bermay, Oq uy o‘zi nazorat qilayotgan NATO blokini sharqda kengaytirishga qatʼiy intildi. Bu agressiv qadamlar bizni qarshi choralar ko‘rishga majbur qildi. Bunga javoban G‘arb bizga qarshi boshlangan gibrid urushda Rossiyani “strategik mag‘lubiyatga uchratish” yo‘nalishini ochiqdan-ochiq belgilab oldi”, — deya qo‘shimcha qildi mudofaa vazirligi.







