Tramp yana geografik xatoga yo‘l qo‘ydi
U Vengriyani Rossiya bilan chegaradosh deb atadi.

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Vengriyaning Rossiya bilan chegarasi borligini aytdi.
"Kimdir Viktor Orban haqida eshitganmi? U Vengriya rahbari. Vengriya ham Ukraina, ham Rossiya bilan chegaradosh", - dedi Tramp.
Maʼlumot uchun, Vengriya Rossiya bilan chegaradosh emas. Mamlakatlar orasidagi eng yaqin nuqtalar bir-biridan 800 km masofada joylashgan.
Tramp Vengriya Rossiya bilan chegaradoshligini birinchi marta aytayotgani yo‘q. Tramp va Orban o‘rtasidagi do‘stlik haqida ko‘pchilik yaxshi biladi.
OAVlarning yozishicha, Tramp Vengriyaning qayerdaligini aniq tushunishga qiynalayotganga o‘xshaydi. Trampning geografik xatolari faqat Vengriya bilan cheklanmaydi. U shtatlardagi shaharlarni bir necha marta adashtirgan.







