"Barselona" Ximenesga qiziqish bildirmoqda
Klub futbolchini jiddiy kuzatib bormoqda.

Ispaniyaning "Barselona" klubi "Feyenoord"ning meksikalik hujumchisi Santyago Ximenesga e'tibor qaratmoqda. Shu bilan birga, klub futbolchini qo'lga kiritish uchun raqobat yuqori bo'lishini va Gollandiya klubi katta miqdorda tovon so'rashini tushunishadi.
Joriy mavsumda 22 yoshli Ximenes 10 ta uchrashuvda 13 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchi Chempionlar ligasi doirasidagi “Latsio”ga (3:1) qarshi uchrashuvda ham ikkita gol urdi.
Manba bergan xabarga ko'ra, Kataloniya jamoasi vakillari meksikalik futbolchining Yevropa o'yiniga qanchalik tez moslashganidan hayratda qolgan. "Barselona" kelgusi oylarda Ximenesni diqqat bilan kuzatishda davom etadi.
Biroq, ko'p narsa "Barselona"ning moliyaviy ahvoliga ham bog'liq, chunki La Liga klubga xarajatlarni cheklab qo'ygan.







