Jahon

Saudiya Arabistoni Jabaliya lageriga qilingan hujumni keskin qoraladi

G‘azoda sog‘liqni saqlash vazirligi hujumda 50 dan ortiq odam halok bo‘lgani, 150 dan ortiq kishi jarohatlanganini maʼlum qildi.

Saudiya Arabistoni Jabaliya lageriga qilingan hujumni keskin qoraladi

 

Qizil Yarim Oy jamiyati maʼlumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Isroil armiyasining kecha G‘azo shahridagi Jabaliya qochqinlar lageriga uyushtirgan hujumini qoraladi. G‘azoda sog‘liqni saqlash vazirligi hujumda 50 dan ortiq odam halok bo‘lgani, 150 dan ortiq kishi jarohatlanganini maʼlum qildi.

 

"Saudiya Arabistoni Podshohligi isroillik bosqinchi kuchlarining qamalda qolgan G‘azo sektoridagi Jabaliya qochqinlar lageriga ko‘p sonli begunoh fuqarolarning o‘limi va jarohatlanishiga olib kelgan g‘ayriinsoniy hujumini keskin qoralaydi", — deyiladi Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

 

Tashqi ishlar vazirligi "bosqinchi kuchlar" deb atagan Isroil armiyasini aholi zich joylashgan hududlarga hujum qilish bilan xalqaro huquqni buzganlikda aybladi.

 

"Bu hodisa xalqaro hamjamiyat Isroil bosqinchi kuchlariga zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va gumanitar sulhga rozi bo‘lish uchun bosim o‘tkaza olmagani tufayli sodir bo‘ldi", — deyiladi bayonotda.

 

Isroil armiyasining tushuntirishicha, Jabaliyaga qilingan hujumda HAMAS qo‘mondonlaridan biri va yer osti tunnellari nishonga olingan hamda yaqin atrofdagi turar-joy binolari ularning ostidagi tunnellar qulagani oqibatida vayron bo‘lgan.‌‌

custom img

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

custom img

Eron kelgusi 50 yillik tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Mudofaa vazirligi mamlakatga kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik tahdidlarini o‘rganib, mudofaa siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishlarini belgiladi.

custom img

“Urush davom etayotgan paytda saylov o‘tkazish Ukrainani parchalab yuboradi” – Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakatda saylov o‘tkazish masalasini muhokama qilishdan avval urush sharoitidagi xavfsizlik muammolari va jamiyatdagi ehtimoliy bo‘linishlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlagan.

custom img

Rossiyada ikki Tojikiston fuqarosi ayollar kiyimida yurgani uchun deportatsiya qilinadi

Shuningdek, ularga nisbatan 10 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

custom img

Eron “Makka kelishuvi”ga qo‘shilish taklifini oldi

Tehron mintaqada umumiy “xavfsizlik soyaboni” yaratilishini ijobiy baholamoqda.

custom img

"Erkaklarning bir-birini quchoqlab, o‘pishi to‘g‘ri ish emas" — Toqayev

Qozog‘iston Prezidenti erkaklar, xususan, harbiylar o‘rtasida quchoqlashish odatini tanqid qildi.

custom img

Omskda qurilishdagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Hodisa oqibatida jami to‘rt kishi, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston fuqarolari halok bo‘lgan.

custom img

To‘qayev yangi prezidentlik muddatiga saylanishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi

Qozog‘iston yangi Konstitutsiyasi amaldagi prezidentga yana bir bor prezidentlik saylovida qatnashish imkonini berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"