Ukraina Yevtoittifoqqa kirish uchun hamma narsa qilmoqda — Zelenskiy
Ukraina yil oxirigacha blokdan ijobiy qadam kutadi.

Ukraina Yevropa Ittifoqiga aʼzo bo‘lish to‘g‘risidagi qaror shu yil qabul qilinishi uchun hamma narsani qilmoqda va bunday imkoniyatni o‘tkazib yubormaydi. Bu haqda prezident Vladimir Zelenskiy Telegram kanalida yozdi.
U Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga nisbatan optimizmi butun Yevropa uchun yanada barqaror kelajakka xizmat qiladi, degan fikrni bildirdi.
"Biz Ukrainaning bu yil Yevropa Ittifoqiga aʼzo bo‘lishi bo‘yicha siyosiy qarorga kelish uchun hamma narsani qilyapmiz", deb ishontirdi Zelenskiy.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina 2022 yilning 23 iyunida Yevroittifoqqa qo‘shilish uchun nomzod maqomini oldi. Endilikda davlat blokka to‘laqonli aʼzo bo‘lish uchun bir qator shartlarni bajarmoqda.
Oktyabr oyi oxirida OAV 8 noyabr kuni Yevrokomissiya Ukrainaning ittifoqqa aʼzolik arizasidagi muvaffaqiyatini baholashi haqida xabar bergan edi.







