Jahon

Berlin Kiyevga yordamni kamaytirmasligini aytdi

Ukraina G'azodagi vaziyat tufayli harbiy yordam qisqarishidan хavotirda.

Berlin Kiyevga yordamni kamaytirmasligini aytdi

 

Isroildagi urush Germaniyaning Ukrainaga yordamini kamaytirishga majbur qilmaydi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Boris Pistorius ma’lum qildi

 

U Ukrainani qo‘llab-quvvatlash Germaniyaning mas’uliyati ekanligini ta’kidladi.

 

"Bu muhokama qilinmaydigan pozitsiya", — dedi vazir.

 

Shu bilan birga, Isroil ham xuddi shunday harbiy yordamga umid qila oladimi, degan savolga Pistorius bu masala hozir ko'rib chiqilmayotganini bildirgan.

 

Xususan, Pistorius Yevropaning o‘zi ham urushga tayyor turishi kerakligini qayd etdi.

 

"Ochig'ini aytsam, biz ham hujumga uchrash ehtimoliga tayyor bo'lishimiz, keyinchalik mudofaa urushini olib borishga qodir bo'lishimiz kerak. NATO davlatlari Rossiyaning agressiyasiga tayyor bo'lishi joiz", — dedi u.

custom img

Eron BMT Xavfsizlik kengashidan AQSHning bir tomonlama choralarini qoralashni so‘radi

Tehron Vashingtonning iqtisodiy va harbiy bosimini xalqaro huquqqa zid deb baholab, bu choralar xalqaro miqyosda xavfli pretsedent yaratishi mumkinligidan ogohlantirgan.

custom img

Pokistonda tug‘ruqxonadagi yong‘inda 14 chaqaloq halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga bo‘lim ichidagi konditsioner kompressorining portlashi sabab bo‘lgan.

custom img

AQSh immigratsion viza arizalarini ko‘rib chiqishni to‘xtatdi

Davlat departamenti bu chorani global o‘quv tadbiri bilan izohladi.

custom img

Pokiston Eron va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarda sezilarli siljish bo‘lganini bildirdi

Tehronda o‘tkazilgan muzokaralarda mojaroning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik, Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish va urushni yakunlash masalalari muhokama qilindi.

custom img

Ispaniya Seutadagi migratsiya inqirozi sabab Yevropa Ittifoqidan favqulodda mablag‘ so‘radi

Iyul oxirida Marokashdan 70 mingdan ortiq migrant Seutaga kirishga uringan, qurbonlar qayd etilgan.

custom img

Qozog‘istondagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in chiqdi

Yong‘inni o‘chirishga 65 ga yaqin xodim va 19 ta texnika jalb qilingan.

custom img

Qozog‘istonda elektr skuterlarni piyodalar yo‘laklarida haydash taqiqlandi

Cheklovlar yo‘l-transport hodisalari sonining ortib borayotgani sabab joriy etilgan.

custom img

AQSh Eron bilan aloqador 60 dan ortiq tashkilot, shaxs va kemaga sanksiya joriy qildi

Vashingtonning maqsadi Eronni xalqaro miqyosda yanada yakkalash va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining moliyalashtirish manbalarini cheklashdan iborat.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"