Jahon

Turkiyaga boradigan sayyohlar uchun yangilik joriy qilindi

Turistlarga uy-joylarni ijaraga berish qoidalari kuchaytirildi.

Turkiyaga boradigan sayyohlar uchun yangilik joriy qilindi





Turkiya turistlar uchun uy-joy ijarasi talablarini kuchaytirdi. Uyni 100 kundan kam muddatga ijaraga olishni xohlovchilar binodagi barcha yashovchilarning roziligini olishlari shart.




Agar turistik maqsadlarda ijaraga beriladigan uy-joy binodagi kvartira bo‘lsa, ruxsat olish uchun Madaniyat va turizm vazirligiga barcha qavatlardagi mulkdorlarning roziligini taqdim etish kerak.


Endi tashrif buyuruvchilar Madaniyat va turizm vazirligidan litsenziya olishlari, shuningdek, ijara shartnomasini tuzishlari kerak.



Ushbu talablarga rioya qilmaslik uy egasiga 100 ming turk lirasi (3,5 ming AQSh dollari) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"