Novak Jokovich "Masters" turniri g‘olibi bo'ldi
U faoliyatidagi qirqinchi sovrinni qo'lga kiritdi.

Jahonning birinchi raqamli tennischisi, "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi 24 ta turnir chempioni Novak Jokovich Parijda "Masters" musobaqasida g‘olib chiqdi.
Serbiyalik sportchi final bahsida dunyoning 17-raketkachisi bolgariyalik Grigor Dimitrovni 2 setda 6:4, 6:3 hisobida mag‘lub etdi.
Tennischilar kortda 1 soat 38 daqiqa vaqt o‘tkazishdi. Uchrashuv davomida Novak 6 ta eysni amalga oshirdi.
Jokovich faoliyatidagi 97, ushbu mavsumda 6-sovrinni qo‘lga kiritdi. Uning "Masters"dagi g‘alabalari soni 40 taga yetdi.







