"Yetarli. Bu zudlik bilan to‘xtatilishi kerak" — BMT va JSST qo‘shma bayonot bilan chiqdi
Bu ikki tashkilot G‘azo sektorida zudlik bilan gumanitar o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi.

BMTning eng yirik gumanitar agentliklari va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbarlari qo‘shma bayonot chiqarib, G‘azo sektorida zudlik bilan gumanitar o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi.
"Deyarli bir oy davomida dunyo Isroil va Falastinning okkupatsiya qilingan hududidagi vaziyatni kuzatmoqda, qurbonlar soni ortib borayotganidan hayrat va dahshatda”, — deyiladi bayonotda.
BMT HAMAS hujumi oqibatida 1400 dan ortiq isroillik halok bo‘lgan, minglab odamlar jarohatlangan va 200 dan ortiq kishi garovga olinganini eslatdi. Ular, shuningdek, G‘azo sektorida, Falastin rasmiylariga ko‘ra, 9,5 mingga yaqin kishi halok bo‘lganini qayd etib o‘tdi.







