Jahon

AQShning yangi bombardimonchi samolyoti ilk parvozini amalga oshirdi

B-21 Raider yadro qurolini olib yurishga qodir.

AQShning yangi bombardimonchi samolyoti ilk parvozini amalga oshirdi

 

AQSh Harbiy-havo kuchlarining eng yangi yashirin bombardimonchi samolyoti, yadro qurolini olib yurishga qodir B-21 Raider birinchi parvozini amalga oshirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

U Kaliforniyadagi Northrop Grumman obyektlaridan biridan havoga ko‘tarilgan. B-21'ning parvoz vaqti haqida hozircha ma'lumot berilmagan.

 

O‘zidan oldingi B-2 kabi qanot dizayniga ega bo‘lgan B-21 havoda yonilg‘i quyish imkoniyatlaridan foydalangan holda uzoq masofaga ham oddiy, ham yadroviy qurollarni dunyo bo‘ylab yetkazib bera oladi.

 

Nashrning yozishicha, har bir samolyotning narxi taxminan 750 million dollarni tashkil etadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"