Jahon

HAMAS va Isroil garovdagilarni almashishga kelishdi

Kelishuvga ko‘ra, faqat ayollar va bolalar almashiladi.

HAMAS va Isroil garovdagilarni almashishga kelishdi

 

Yaqin Sharqdagi mojaro tomonlari Isroil qamoqxonalaridagi 100 nafar falastinlik ayol va bolani bir xil miqdordagi HAMAS garovga olinganlarga almashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

 

Ayirboshlash muddati aniqlanmagan. Bu kelishuvlarga erishishda vositachilar bor-yo‘qligi ham nomaʼlum, deb xabar beradi Al Hadath telekanali.

 

Isroil tomoniga ko‘ra, HAMAS hozirda 200 dan ortiq odamni, jumladan xorijliklar va Isroil askarlarini garovda ushlab turibdi. Avvalroq HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya Isroil qamoqxonalarida olti mingga yaqin falastinlik borligi haqida xabar bergan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"