AQSHda siyosiy poyga ishtirokchilari taslim bo‘lmoqda
Prezidentlikka yana bir daʼvogar “o‘yin”dan chiqdi.

Janubiy Karolinadan respublikachi senator Tim Skott prezidentlik poygasidan chiqdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, saylovchilar unga Oq uy rahbari lavozimiga daʼvogarlik qilish bevaqt bo‘lganini taʼkidlashgan. Skottning aytishicha, amerikaliklar unga "hozir bu ishning mavridi emas"ligini aytgan.
Mutaxassislarning fikricha, senator prezidentlik poygasida ishtirok etishdan bosh tortganining sababini maʼlum qilgan: uning partiyadagi asosiy raqiblari — Florida gubernatori Ron De-Santis, Janubiy Karolina sobiq gubernatori Nikki Xeyli va sobiq prezident Donald Tramp.







