Siyosat

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston rahbari Toqayevni Qozog‘iston tarixida ilk bor bir palatali Qurultoyga saylov muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi.

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev telefon orqali muloqot qildi

 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

 

Suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jomart Toqayevni Qozog‘iston tarixida ilk bor bir palatali Qurultoyga saylov muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabrikladi.

 

Davlat rahbari yangi Qurultoy Qozog‘istonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarni yanada ilgari surish, keng ko‘lamli o‘zgarishlarni qonunchilik jihatidan samarali ta’minlash hamda mamlakatning barqaror rivojlanishiga yangi sur’at bag‘ishlashiga ishonch bildirdi.

 

Muloqot davomida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari jadal rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Shuningdek, o‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, transport-logistika aloqalarini rivojlantirish hamda ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

 

Yetakchilar mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Serbiyaga jo‘nab ketdi

Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar va biznes-forum o‘tkaziladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibini qabul qildi

Uchrashuvda bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish, tizimni raqamlashtirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekistonda Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallarini ochish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Serbiyaga boradi

Belgradda O‘zbekiston va Serbiya rasmiylari hamda ishbilarmonlari ishtirokida biznes forumi o‘tkaziladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Jorja Meloniga maktub yo‘lladi

Prezident Jorja Melonini Italiya hukumati rahbari lavozimida eng uzoq muddat faoliyat yuritgan hukumat rahbari bo‘lgani bilan tabrikladi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Qatar Amiri bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Qatarda “O‘zbekiston: harakatdagi meros” ko‘rgazmasining ochilishida ishtirok etdi

Shuningdek, Doha shahrida qatarlik yetti nafar hunarmandning O‘zbekistonga ijodiy safari yakunlariga bag‘ishlangan “Ektashif O‘zbekiston” ko‘rgazmasi ham ochildi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti “ShHT plyus” formati va BMT o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarini ko‘rsatdi

Shavkat Mirziyoyev “SHHT plyus” formati doirasida mintaqalararo hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan bir qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"