Josuslik qilgan multfilmlar “otasi”
Amerika Federal qidiruv byurosi XX asrda ko‘plab sanʼat arboblari bilan qiziqqan. Ular orasida Uolt Disney ham bo‘lgan.

Amerika Federal qidiruv byurosi XX asrda ko‘plab sanʼat arboblari bilan qiziqqan. Ular orasida Uolt Disney ham bo‘lgan. Multfilmlar otasi Amerika hukumati uchun josuslik qilganini bilarmidingiz?
Amerika hukumatining sanʼat ahliga qiziqishining o‘ziga xos siri bor. Federal qidiruv byurosi Jon Lennon, Elvis Presli kabi yulduzlar haqida butun boshli maʼlumotlar bazasini to‘plagan.
AQSH ichki xavfsizligining bosh organi yulduzlarni taʼsiri kuchli insonlar, deb hisoblagani uchun ham ularni kuzatib yurgan.
Hukumatning artistlarga qarshi ishlashini kutish mumkin, ammo ular bilan hamkorlik qilishi biroz ajablanarli.
Masalan, AQSH markaziy razvedka agentligi o‘tgan asrning 50-60i yillarida Jekson Pollok va Mark Rotko kabi zamonaviy rassomlarni qo‘llab-quvvatlab, shu yo‘l bilan Amerikaning sanʼat borasida SSSRdan ustun ekanini ko‘rsatishga harakat qilgan.
Senator Jozef Makkartining Amerikadan tashqaridagi faoliyatini o‘rganish komissiyasi "qizil urush" davrida sanʼatkorlar karyerasini buza boshlagach esa rassomlar sohada yashab qolish uchun o‘z hamkasblarini sota boshladi.
1952 yilda "Orzular tramvayi" nomli drama rejissyori Elia Kazan ham ishini yo‘qotmaslik uchun kommunistik partiyadagi hamkasblari haqida hukumatga maʼlumot yetkazgan. Ammo bu kinochilar tomonidan tanqidlarga sabab bo‘lib, rejissyorni bir umr tanqid qilib yurdi.
Uolt Disney ham jahon kinosanʼatidagi eng yirik jususlardan biri bo‘lgan.
Media-magnat 1940 yilning 10 noyabrida Federal qidiruv byurosi tomonidan josuslik qilishga ko‘ndirilgan.
O‘sha davrda Disney muvaffaqiyatga erishib ulgurgan edi. "Mikki Maus" multfilmi 1928 yilda chiqarilgan. Undan so‘ng 1937 yilda "Oppog‘oy va yetti gnom" hamda 1940 yilda "Pinokkio" multfilmlari ekran yuzini ko‘rgan.
O‘sha paytda FQB AQSHda kommunist targ‘ibotchilari paydo bo‘lganidan xavotirda va urushga kirish oldidan tayyorgarlik holatida edi.
Disney va FQB o‘rtasidagi yozishmalarni hozir hukumat saytida o‘qish mumkin.
Byuro bilan hamkorligi davomida mashhur multiplikator kompaniyasidagi kasaba uyushmalari haqida maʼlumot berib borgan.
Animatorlar ish tashlash eʼlon qilgach, Disney kasaba uyushmalari vakillari oldida ularning ko‘plari kommunist ekanini aytgan.
U hatto FQB direktori Edgar Guverga ayrim loyihalarda o‘z ijodiy g‘oyalaridan foydalanish imkonini ham bergan. Bunga javoban Uolt Disney FQB obyektivlaridan foydalanishiga ruxsat berilgan va unga doimiy qo‘riqchi tayinlangan.
1945 yilda Disney "jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha maxsus agent"ga aylanib, 1966 yilda vafot etgunicha FQBning maʼlumot yetkazuvchisi bo‘lib qolgan.







