So‘nggi uch yilda 40 mingga yaqin koreyalik o‘z joniga qasd qilgan
Shuningdek, o‘z joniga qasd qilish darajasi yoshlar orasida ko‘paygan.

Janubiy Koreyada so‘nggi 3 yil ichida 40 mingga yaqin koreyalik o‘z joniga qasd qilgan, shuningdek, o‘z joniga qasd qilish darajasi yoshlar orasida sezilarli darajada oshgan. Bu haqda The Korea Herald xabar berdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi va Koreya Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2020 yildan 2022 yilgacha 40 mingga yaqin odam o‘z joniga qasd qilgan.
Ushbu o‘z joniga qasd qilish darajasi o‘sha davrda COVID-19 tufayli yuzaga kelgan o‘lim holatiga nisbatan 32,156 taga ko‘pdir.
Koreyada o‘z joniga qasd qilishning umumiy darajasi so‘nggi besh yil ichida biroz kamaydi, 2018 yildan 2022 yilgacha 100 ming kishiga 28,6% dan 25,2% gacha, lekin o‘smirlar va yoshlar orasida bu ko‘rsatkich o‘sishda davom etmoqda.
O‘smirlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish darajasi 2018 yilda 100 ming kishiga 5,8 foizdan 25,2 foizga, 2022 yilda esa 7,2 foizga, 20 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan odamlar orasida o‘z joniga qasd qilish darajasi shu davrda 17,6 foizdan 21,4 foizga o‘sgan.





