Jahon

Isroil va HAMAS kelishuvga erishish arafasida

Gap garovga olinganlarni almashtirish haqida ketmoqda.

Isroil va HAMAS kelishuvga erishish arafasida

 

Isroil G‘azo sektorida garovga olingan 100 nafar ayol va bolani ozod qilish bo‘yicha HAMAS bilan muzokaralar olib bormoqda

 

HAMAS bu qadamni qo'yishga tayyorligini e'lon qildi. Ammo katta ehtimol bilan ozod qilinadiganlar soni kamroq bo'ladi. Mahbuslarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar Qatar va Misr vositachiligida olib borilmoqda.

 

Isroil HAMASga 100 kishidan iborat ro'yxatni berdi. Bunga javoban guruh vakillari ulardan 50 nafarining qayerda ekanligi haqida bilishlari kerakligini aytib, turli guruhlar tomonidan ushlab turilgan qolgan 50 nafarini topish uchun esa o‘t ochishni to‘xtatish zarurligini ma'lum qilishgan.

 

Agar tomonlar yakuniy tafsilotlar bo‘yicha kelishib olsalar, kelishuv yaqin kunlarda e’lon qilinishi mumkin. Dastlabki kelishuvlarga ko‘ra, asirlikdagi isroillik ayollar va bolalar, qamoqxonalardagi falastinlik ayollar va o‘smirlar bir vaqtning o‘zida guruhlarga bo‘lingan holda ozod qilinadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"