O‘zbekiston 2024 yil uchun eng yaxshi sayohat maskani deb topildi
O‘zbekiston delegatsiyasi Londonda bo‘lib o‘tayotgan "World Travel Mart" xalqaro turizm ko‘rgazmasida milliy pavilyon bilan ishtirok etdi.

Xalqaro turizm ko‘rgazmasida "O‘zbekiston - eng yaxshi sayohat maskani" nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi, deya xabar berdi “Dunyo” AA.
O‘zbekiston delegatsiyasi London shahrida bo‘lib o‘tayotgan "World Travel Mart" xalqaro turizm ko‘rgazmasida milliy pavilyon bilan ishtirok etdi.
Ko‘rgazmada 2024 yil uchun "O‘zbekiston - eng yaxshi sayohat maskani" nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. Maxsus sertifikatni O‘zbekiston turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalamov qabul qilib oldi.
"Ushbu mukofot O‘zbekistondagi quyidagi islohotlar uchun taqdim etildi: O‘zbekiston bo‘ylab vohadan tortib vohagacha sayohatchilar o‘tgan asrlar davomidagi savdo tarmoqlarini kuzatishda davom etmoqda. Bir paytlar obod qalʼa shaharlarini bog‘lab turgan tuya karvonlari o‘rnini tezyurar temir yo‘l va qulay ichki reyslar tarmog‘i egallagan bo‘lsada, Samarqand, Buxoro va Xivaning qadimiy madaniy markazlari hali ham Ipak yo‘li davrini eslatib turadi. Nurota tog‘larida jamoatchilik asosidagi turizm tashabbusi tashrif buyuruvchilarga cho‘pon jamoalari hayotini ko‘rsatadi", — deyiladi xabarda.







