Finlyandiyada qochqinlar soni keskin ortdi
Hukumat nazorat-o‘tkazish punktini yopishga tayyorlanmoqda.

Finlyandiya hukumati Rossiya bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktini yopishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda mamlakatda qochqinlar soni ortib bormoqda.
Masalan, Finlyandiya hududiga bir kechada 46 kishi yetib keldi. Mamlakat Ichki ishlar vazirligi Somali, Yaman, Suriya va boshqa davlatlardan qochqinlarning nazoratsiz kelishi sababli Rossiya bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktlari faoliyatini cheklash bo‘yicha qonunchilik takliflarini tayyorlamoqda.







