Sun'iy intellekt sudda xato hukm chiqardi
Endi chatbotdan foydalangan sudyaning o'zi sud qilinadi.

Braziliya sun'iy intellekt chatbotidan foydalangan holda xatolik bilan hukm chiqargan federal sudyaning ishini tekshirmoqda.
Chatbot hujjatga xayoliy ma’lumotlarni kiritgan, bu esa sudyaning e’tiboridan chetda qolgan.
"Milliy adliya kengashi hukmlarni tuzishda sun'iy intellektdan foydalanishning birinchi holatiga duch keldi",- deyiladi hisobotda.
Sud amaliyotida sun'iy intellektdan foydalanishni tahlil qilish maqsadida tergov jarayoni boshlandi.







