Jahon

Chexiya Rossiya aktivlarini muzlatib qo'ydi

Hukumat boshqa Yevropa davlatlarini ham shunday yo'l tutishga chaqirdi.

Chexiya Rossiya aktivlarini muzlatib qo'ydi

 

Chexiya hukumati ushbu mamlakat hududida joylashgan, hali sanksiyalarga duchor bo'lmagan Rossiya davlat aktivlarini muzlatib qo'ydi.

 

"Mening taklifim bilan hukumat bugun Chexiya Respublikasidagi Rossiya davlat aktivlarining muzlatilishini ma'qulladi. Bu Rossiya ukrainaliklarning qotilliklarini moliyalashtirgan tijorat faoliyatini tugatadi", — dedi Chexiya tashqi ishlar vaziri Yan Lipovskiy.

 

Vazirning ta'kidlashicha, gap Rossiya Federatsiyasi Prezidenti ma'muriyatiga tegishli "Chet eldagi aktivlarni boshqarish korxonasi"ning aktivlari haqida ketmoqda.

 

Unga ko‘ra, sanksiyalar, asosan, Praga va Karlovi Varidagi ko‘chmas mulkni o‘z ichiga olgan. Bu mulklar sotilmasligi uchun bloklanadi. Mazkur binolarni rossiyaliklardan ijaraga olganlar u yerda qolishlari mumkin, ammo endi ular ruslar kira olmaydigan maxsus hisob raqamiga ijara haqini to‘lashlari kerak.

 

Lipovskiy boshqa Yevropa davlatlarini ham o‘z hududida qolayotgan Rossiya aktivlarini muzlarishga chaqirdi.

custom img

Qozog‘istonda elektr skuterlarni piyodalar yo‘laklarida haydash taqiqlandi

Cheklovlar yo‘l-transport hodisalari sonining ortib borayotgani sabab joriy etilgan.

custom img

AQSh Eron bilan aloqador 60 dan ortiq tashkilot, shaxs va kemaga sanksiya joriy qildi

Vashingtonning maqsadi Eronni xalqaro miqyosda yanada yakkalash va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining moliyalashtirish manbalarini cheklashdan iborat.

custom img

Singapur oilalarga har bir farzand uchun 55 ming dollardan ortiq yordam beradi

Mamlakat tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirmoqda.

custom img

AQSh 200 minggacha vizalarni bekor qilishi mumkin

Viza bekor qilinishi uning egasi darhol AQShdan deportatsiya qilinishini anglatmaydi.

custom img

AQSh Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi

Endi ro‘yxatda Kuba, Eron va Shimoliy Koreya qolmoqda.

custom img

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

custom img

Eron kelgusi 50 yillik tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Mudofaa vazirligi mamlakatga kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik tahdidlarini o‘rganib, mudofaa siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishlarini belgiladi.

custom img

“Urush davom etayotgan paytda saylov o‘tkazish Ukrainani parchalab yuboradi” – Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakatda saylov o‘tkazish masalasini muhokama qilishdan avval urush sharoitidagi xavfsizlik muammolari va jamiyatdagi ehtimoliy bo‘linishlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"