Avstriya prezidentini Moldovada it tishlab oldi
Voqea rasmiy marosim vaqtida yuz bergan.

Avstriya prezidenti Aleksandr Van der Bellenning Moldovaga tashrifi chog‘ida davlat rahbari Mayya Sanduning iti tishlab oldi.
Taʼkidlanishicha, rasmiy marosim davomida siyosatchilar huzuriga Mayya Sanduning Kodruta laqabli iti olib kelingan. Avstriya yetakchisi itni erkalamoqchi bo‘ldi, biroq Kodruk Bellenning qo‘lidan tishlab oldi.
Sandu zudlik bilan kechirim so‘radi va atrofda odamlar ko‘pligini va it qo‘rqib ketganini tushuntirdi.
Qayd etilishicha, oliy martabali xorijlik mehmonning qo‘lini bog‘lashga to‘g‘ri kelgan. Keyingi uchrashuvlarda esa Aleksandr Van der Bellen qo‘li bog‘langan holda paydo bo‘ldi.







