Jahon

BMT: G‘azo aholisi ocharchilikka yuz tutmoqda, bitta Rafax punkti yetarli emas

Anklav hududida oziq-ovqat va suv deyarli yo‘q — ularni yetkazib berish qiyin.

BMT: G‘azo aholisi ocharchilikka yuz tutmoqda, bitta Rafax punkti yetarli emas

 

Birlashgan Millatlar tashkilotining Butunjahon oziq-ovqat dasturi (WFP) G‘azo sektoridagi tinch aholi ochlik xavfi ostida ekanini aytdi. Chunki anklav hududida oziq-ovqat va suv deyarli yo‘q hamda ularni yetkazib berish qiyin.

 

"Tez yaqinlashib kelayotgan qish, xavfli va gavjum boshpanalar, toza suv yetishmasligi sharoitida tinch aholi ochlikka duch kelishi ehtimoli oshib bormoqda", — deya maʼlum qildi tashkilot rahbari Sindi Makkeyn o‘z bayonotida.

 

WFP so‘nggi haftalarda G‘azoda ochlikning kuchayishi ehtimolidan ogohlantirmoqda va hozir u yerda non "kam yoki umuman yo‘q" va ehtiyojlarni "bitta amaldagi chegara o‘tish yo‘li bilan qondirish mumkin emas".

 

Yagona umid — G‘azoga oziq-ovqat yetkazib berish uchun ikkinchi xavfsiz o‘tish joyini ochish, deb hisoblaydi BMT.

 

Tashkilot maʼlumotlariga ko‘ra, yonilg‘i tanqisligi oziq-ovqat yetkazib berishga ham to‘sqinlik qilmoqda: seshanba kuni Misrdan kelgan yuk mashinalari aynan shu sababli tinch aholiga yetib bora olmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"