Filippinda kuchli zilzila ro'y berdi
Qurbonlar va jarohat olganlar bor.

Filippin qirg‘oqlarida 6,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Kamida olti kishi halokat bo‘ldi, ikki nafari esa bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida.
Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epimarkazi 679 ming kishi istiqomat qiladigan General Santos shahridan 60 kilometr janubda joylashgan.
Bir kun avval ham Filippinda 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi. Ushbu yer silkinishidan hech kim jabrlanmadi, biroq ayrim binolarga zarar yetgan.







