Jahon

Shols va Erdog‘aning muhim, ammo “qiyin” suhbati

Germaniya Isroil tomonda, Turkiya esa Falastin.

Shols va Erdog‘aning muhim, ammo “qiyin” suhbati

Germaniya kansleri Olaf Shols Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘anni juma kuni Germaniya poytaxtida qabul qildi. Bu Turkiya prezidentining 2020-yildan beri Germaniyaga ilk tashrifidir.

 

O‘tgan yillar davomida Berlin va Anqara turli masalalarda bir-biri bilan bahslashdi. Oktyabr oyida Isroil va HAMAS o‘rtasida boshlangan urush Turkiya va Germaniyani barrikadalarning qarama-qarshi tomonida bo‘lishiga olib keldi.

 

Shols yahudiy davlati bilan birdamligini bildirdi va hatto unga harbiy yordam berishni taklif qildi.

 

Falastinliklarni himoya qilish haqida tez-tez gapiradigan Erdog‘an Isroilni HAMAS bilan qarama-qarshilikda o‘zini “terrorchi” davlat kabi tutishda aybladi.

 

Xolokost xotiralari uni taʼqib qilayotgan Germaniya kansleri avvalroq Isroil davlatining qonuniyligiga shubha bildirgan Turkiya rahbari bilan muloqot o‘rnatishi kerak edi.

 

Xabarlarga ko‘ra, Erdog‘an kunduzi Berlinda hamkasbi Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashdi, so‘ngra Shols bilan suhbat o‘tkazdi.

 

7-oktyabr kuni HAMAS va Isroil o‘rtasida hujumlar boshlanganida Erdog‘an dastlab mojaroda potensial vositachi sifatida harakat qilgan.

 

Biroq Isroil tomonidan sog‘liqni saqlash tizimlariga zarba berilgach va 11 mingdan ortiq falastinliklar o‘ldirilgan keyin hamda G‘azo sektori ommaviy bombardimon qilinishi ortidan u tez orada Falastin tomoniga o‘tdi.

 

Germaniyaga kelishidan ikki kun oldin Erdog‘on turk deputatlari bilan gaplashar ekan, Isroilni “terrorchi davlat” deb atagan va G‘arbni G‘azodagi qirg‘inlarni ochiqdan-ochiq qo‘llab-quvvatlayotganlikda ayblagan.

 

Bir hafta oldin u Isroil davlatining qonuniyligi o‘z fashizmi tomonidan shubha ostida qolganini aytdi. Bu Germaniya hukumati va jamoatchilikni hayratda qoldirdi.

 

Seshanba kuni Shols bu so‘zlarni “bemaʼnilik” deb atadi va Isroil inson huquqlari va xalqaro qonunlarga sodiq demokratik mamlakat, HAMAS esa terrorchi guruh ekanligini taʼkidladi.

 

Bir qator siyosatchilar va jamoat birlashmalari vakillari, ayniqsa yahudiylar Shols bir necha oy oldin taklif qilgan Erdog‘onni qabul qilishdan bosh tortishni talab qilishdi.

 

Konservatorlar vakili bo‘lgan muxolifat tashrif vaqti noo‘rin ekanligini taʼkidladi. Shoksning SPD va Yashillar bilan birga hukumat koalitsiyasining bir qismi bo‘lgan FDP liberallari ham xuddi shunday fikrda.

 

Bosimlarga qaramay, hukumat uchrashuvni bekor qilmadi.

 

Agar kimdir diplomatiya doktrinasiga amal qilsa, baʼzida "qiyin sheriklar" bilan muzokara olib borishga to‘g‘ri keladi, dedi kanslerning matbuot kotibi.

 

2016-yilgi davlat to‘ntarishi munosabati bilan Turkiyadagi repressiyalar tufayli yuzaga kelgan keskinlik davridan so‘ng Berlin va Anqara oxirgi vaqtlarda yaqinlashib qolgan bo‘lsa, Germaniya “Erdog‘on bilan kelishishdan manfaatdor emas”, deya taʼkidlaydi tahlilchilar.

 

Sabablardan biri shundaki, Yevropaning eng yirik iqtisodiy davlatida 2,9 million kishilik katta turk diasporasi, jumladan, Erdog‘onni qo‘llab-quvvatlovchi 1,5 million saylovchi yashaydi.

 

Bundan tashqari, mamlakat butun Yevropa Ittifoqi kabi Turkiya prezidentidan 2016-yilda migrantlar kelishini cheklash bo‘yicha tuzilgan kelishuvni uzaytirishini istaydi. Ayniqsa Yaqin Sharq davlatlaridan muhojirlar Yevropaga oqib kela boshlagan bir vaqtda.

custom img

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

custom img

Eron kelgusi 50 yillik tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Mudofaa vazirligi mamlakatga kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik tahdidlarini o‘rganib, mudofaa siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishlarini belgiladi.

custom img

“Urush davom etayotgan paytda saylov o‘tkazish Ukrainani parchalab yuboradi” – Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakatda saylov o‘tkazish masalasini muhokama qilishdan avval urush sharoitidagi xavfsizlik muammolari va jamiyatdagi ehtimoliy bo‘linishlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlagan.

custom img

Rossiyada ikki Tojikiston fuqarosi ayollar kiyimida yurgani uchun deportatsiya qilinadi

Shuningdek, ularga nisbatan 10 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

custom img

Eron “Makka kelishuvi”ga qo‘shilish taklifini oldi

Tehron mintaqada umumiy “xavfsizlik soyaboni” yaratilishini ijobiy baholamoqda.

custom img

"Erkaklarning bir-birini quchoqlab, o‘pishi to‘g‘ri ish emas" — Toqayev

Qozog‘iston Prezidenti erkaklar, xususan, harbiylar o‘rtasida quchoqlashish odatini tanqid qildi.

custom img

Omskda qurilishdagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Hodisa oqibatida jami to‘rt kishi, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston fuqarolari halok bo‘lgan.

custom img

To‘qayev yangi prezidentlik muddatiga saylanishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi

Qozog‘iston yangi Konstitutsiyasi amaldagi prezidentga yana bir bor prezidentlik saylovida qatnashish imkonini berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"