Seul yaqinidagi kasalxonada yong‘in chiqdi
Bemorlar va xodimlar tutundan zaharlangan.

Janubiy Koreyadagi shifoxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 14 kishi tan jarohati olgan.
Voqea Seuldan 200 km janubi-sharqda joylashgan olti qavatli binoda yuz bergan.
Yuzga yaqin odam evakuatsiya qilingan. Shifokorlar ularga tutundan zaharlanish tashxisini qo‘yishdi. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q. Hozirda politsiya va o‘t o‘chiruvchilar hodisa sabablarini o‘rganmoqda.







