Tramp Bayden va Szinpin uchrashuviga fikr bildirdi
U Xitoy rahbarini kuchli granit, Baydenni esa ahmoq deb atadi.

Donald Tramp Ayovadagi tarafdorlarining tadbirida Oq uyning amaldagi rahbari Jo Bayden va Si Szinpin o‘rtasidagi uchrashuvni sharhladi.
Tramp Bayden Xitoy raisi bilan uchrashuv chog‘ida adashganini va atrofida nimalar bo‘layotganini tushunmaganini aytdi.
Shuningdek, AQSHning sobiq prezidenti Xitoy davlat arbobini kuch jihatidan granitga qiyosladi va o‘zining vorisini ahmoq deb atadi.
“Bu hafta San-Fransiskoda Xitoy bilan bo‘lib o‘tgan sammitda Jo Bayden nima bo‘layotganini, nima qilish kerakligini umuman tushunmaganga o‘xshardi”, — dedi Donald Tramp.
Avvalroq Bayden Xitoy Xalq Respublikasi rahbari bilan San-Fransiskoda bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng Si Szinpinni diktator deb hisoblashda davom etishini, biroq qo‘ng‘iroq qilsa, telefonga javob berishini aytgandi.







