Jahon

Yaqin Sharqda urush boshlanganidan beri 48 jurnalist halok bo‘ldi

Bu haqda Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi maʼlum qildi.

Yaqin Sharqda urush boshlanganidan beri 48 jurnalist halok bo‘ldi

 

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ) Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush boshlanganidan beri 48 nafar ommaviy axborot vositalari xodimi o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lganini maʼlum qildi.

 

Nodavlat notijorat tashkilotga ko‘ra, jurnalistlar uchun eng halokatli kun urushning birinchi kuni – 7 oktabr kuni HAMAS jangarilari Isroilga hujum qilgan kun bo‘lgan va o‘shanda 6 jurnalist halok bo‘lgan. O‘tgan shanba, 18 noyabr kuni esa 5 kishi halok bo‘lgan.

 

G‘azodagi jurnalistlar Isroilning quruqlikdagi hujumi chog‘ida mojaroni yoritishga urinayotganda, xususan, Isroilning halokatli havo hujumlari, aloqa uzilishi, taʼminot taqchilligi va keng tarqalgan elektr taʼminotidagi uzilishlar kabi xavf-xatarlarga duch kelishmoqda”, — deb bayonot berdi tashkilot.

 

SPJ maʼlumotlariga ko‘ra, halok bo‘lgan 48 jurnalist va OAV xodimlari orasida 43 nafari falastinlik, 4 nafari isroillik va 1 nafari livanlikdir. 9 nafar jurnalist jarohatlangan, 3 nafari bedarak yo‘qolgan, 13 nafari hibsga olingan.

 

“SPJ jurnalistlar inqiroz paytida muhim ishlarni bajaradigan tinch aholi ekani va urushayotgan tomonlar tomonidan nishonga olinmasligi kerakligini taʼkidlaydi. Butun mintaqadagi jurnalistlar ushbu yurakni ranjituvchi mojaro haqida xabar berib, katta qurbonlik qilmoqdalar”, — deya qo‘shimcha qildi tashkilot.‌‌

custom img

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

custom img

Eron kelgusi 50 yillik tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Mudofaa vazirligi mamlakatga kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik tahdidlarini o‘rganib, mudofaa siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishlarini belgiladi.

custom img

“Urush davom etayotgan paytda saylov o‘tkazish Ukrainani parchalab yuboradi” – Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakatda saylov o‘tkazish masalasini muhokama qilishdan avval urush sharoitidagi xavfsizlik muammolari va jamiyatdagi ehtimoliy bo‘linishlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlagan.

custom img

Rossiyada ikki Tojikiston fuqarosi ayollar kiyimida yurgani uchun deportatsiya qilinadi

Shuningdek, ularga nisbatan 10 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

custom img

Eron “Makka kelishuvi”ga qo‘shilish taklifini oldi

Tehron mintaqada umumiy “xavfsizlik soyaboni” yaratilishini ijobiy baholamoqda.

custom img

"Erkaklarning bir-birini quchoqlab, o‘pishi to‘g‘ri ish emas" — Toqayev

Qozog‘iston Prezidenti erkaklar, xususan, harbiylar o‘rtasida quchoqlashish odatini tanqid qildi.

custom img

Omskda qurilishdagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Hodisa oqibatida jami to‘rt kishi, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston fuqarolari halok bo‘lgan.

custom img

To‘qayev yangi prezidentlik muddatiga saylanishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi

Qozog‘iston yangi Konstitutsiyasi amaldagi prezidentga yana bir bor prezidentlik saylovida qatnashish imkonini berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"