Jahon

G‘azoda BMTning 100 nafardan ortiq xodimi halok bo‘ldi — UNRWA

G‘azo sektorida Birlashgan Millatlar Tashkilotining falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA)ning bir yuz sakkiz xodimi halok bo‘lgan. Bu haqda UNRWA Bosh komissari Filipp Lazarini maʼlum qildi.

G‘azoda BMTning 100 nafardan ortiq xodimi halok bo‘ldi — UNRWA

 

G‘azo sektorida Birlashgan Millatlar Tashkilotining falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA)ning bir yuz sakkiz xodimi halok bo‘lgan. Bu haqda UNRWA Bosh komissari Filipp Lazarini maʼlum qildi.

 

“UNRWAning 108 nafar xodimi o‘ldirilgani tasdiqlandi. Men Bosh komissar sifatida o‘z xodimlarim uchun xotira xizmatlarini oldindan rejalashtirishimga hech qachon ishonmagan edim. Bu davom etmasligi kerak”, — deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘idagi (sobiq Twitter) sahifasida.

 

Yaqin Sharqdagi vaziyat 7 oktabr kuni G‘azo sektoridan Isroilga Falastinning HAMAS harakati jangarilarining kirib kelishi, Isroil bilan chegaradosh hududlar aholisining o‘ldirilishi va 200 nafardan ortiq, jumladan, bolalar, ayollar va qariyalarning garovga olin olinishi bilan birga keskin yomonlashdi.

 

HAMAS hujumni Isroilning Quddusdagi Al-Aqso masjidiga qarshi harakatlariga javob deb atadi.

 

Shundan so‘ng Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat urush holatida ekanini eʼlon qildi. Mamlakat mudofaa kuchlarining javob operatsiyasi “Temir qilichlar” deb ataldi va uning maqsadi HAMASni yo‘q qilish hisoblanadi.

 

So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, Isroil tomonida 1,4 mingdan ortiq odam mojaro qurboni bo‘lgan, 5,2 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.

 

Isroilning G‘azoga bergan zarbalari natijasida, anklav Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, 7 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgan va qariyb 18,5 ming kishi yaralangan.

 

custom img

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

custom img

Eron kelgusi 50 yillik tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Mudofaa vazirligi mamlakatga kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik tahdidlarini o‘rganib, mudofaa siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishlarini belgiladi.

custom img

“Urush davom etayotgan paytda saylov o‘tkazish Ukrainani parchalab yuboradi” – Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakatda saylov o‘tkazish masalasini muhokama qilishdan avval urush sharoitidagi xavfsizlik muammolari va jamiyatdagi ehtimoliy bo‘linishlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlagan.

custom img

Rossiyada ikki Tojikiston fuqarosi ayollar kiyimida yurgani uchun deportatsiya qilinadi

Shuningdek, ularga nisbatan 10 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

custom img

Eron “Makka kelishuvi”ga qo‘shilish taklifini oldi

Tehron mintaqada umumiy “xavfsizlik soyaboni” yaratilishini ijobiy baholamoqda.

custom img

"Erkaklarning bir-birini quchoqlab, o‘pishi to‘g‘ri ish emas" — Toqayev

Qozog‘iston Prezidenti erkaklar, xususan, harbiylar o‘rtasida quchoqlashish odatini tanqid qildi.

custom img

Omskda qurilishdagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Hodisa oqibatida jami to‘rt kishi, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston fuqarolari halok bo‘lgan.

custom img

To‘qayev yangi prezidentlik muddatiga saylanishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi

Qozog‘iston yangi Konstitutsiyasi amaldagi prezidentga yana bir bor prezidentlik saylovida qatnashish imkonini berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"