Jahon

G‘azo sektorida to‘rt kunlik sulh pauzasi boshlandi

G‘azo sektorida Isroil va HAMAS o‘rtasida to‘rt kunlik sulh kuchga kirdi.

G‘azo sektorida to‘rt kunlik sulh pauzasi boshlandi

 

G‘azo sektorida Isroil va HAMAS o‘rtasida to‘rt kunlik sulh kuchga kirdi. Kun davomida jangarilar birinchi isroillik garovga olinganlarni, taxminan, mahalliy vaqt bilan soat 16:00 da ozod qilishlari kerak.

 

Qatar rasmiylari, shuningdek, Misr va AQSH asosiy vositachi hisoblangan kelishuv doirasida quyidagilar amalga oshirilishi kerak:

 

— HAMAS jangarilari bugun 13 nafar isroillik garovga olinganlarni ozod qiladi. Hammasi bo‘lib kamida 50 kishi ozod qilinishi rejalashtirilgan;

 

— 39 nafar falastinlik mahbuslar, ayollar va voyaga etmaganlar (jami 150 nafar) Isroil qamoqxonalaridan ozod qilinadi;

 

— G‘azo sektoriga Misr bilan chegaradagi Rafah nazorat punkti orqali ko‘proq insonparvarlik yordamlari kiritila boshlaydi. Har kuni insonparvarlik yordami bilan birga 130 ming litr dizel yonilg‘isi va 200 ta yuk mashinasi jo‘natish rejalashtirilgan.

 

BBC‘ning xabar berishicha, Isroilning G‘azo sektori ustidagi barcha havo harakati (jumladan, dronlarni kuzatish) garovga olinganlar ozod etilishidan olti soat oldin to‘xtatiladi.

 

Isroillik garovga olinganlar avval Misrga, falastinlik mahbuslar esa Falastin maʼmuriyati nazorati ostidagi G‘arbiy Sohilga yetkaziladi.

 

OAV xabarlariga ko‘ra, Isroil hukumati falastinliklarni o‘z fuqarolarini ko‘rmaguncha ozod qilmasliklarini maʼlum qilgan.‌‌

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"