Jahon

Finlyandiya va Rossiya o‘rtasidagi chegara deyarli butunlay yopildi

Ayni paytda chegarani kesib o‘tmoqchi bo‘lgan bir necha yuz muhojir yopilgan nazorat-o‘tkazish punktida to‘planib qolgani aytilmoqda.

Finlyandiya va Rossiya o‘rtasidagi chegara deyarli butunlay yopildi

 

Mamlakatlar o‘rtasidagi aloqa uchun Murmanskdan 200 kilometr uzoqlikda joylashgan eng shimoliy va borish qiyin bo‘lgan «Raya-Jooseppi» chegara punkti ochiq qoldirildi. Ayni paytda chegarani kesib o‘tmoqchi bo‘lgan bir necha yuz muhojir allaqachon yopilgan Salla nazorat-o‘tkazish punktida to‘planib qolgani xabar qilinmoqda. 


Finlyandiyaning daʼvo qilishicha, Rossiya hukumati qochqinlar oqimini ataylab nazorat qilib, ularni chegara tomon jo‘natib yubormoqda. Rossiya esa bu ayblovlarni rad etdi. Estoniya ham Rossiya bilan chegaralarini yopib qo‘yishga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Juma kuni Narva ko‘prigida “ajdar tishlari” deb nomlanuvchi 15 ta qo‘shimcha to‘siq o‘rnatildi. Politsiya Narvadagi nazorat-o‘tkazish punkti yaqin orada yopilishi mumkinligini istisno qilmayapti.


Norvegiya Rossiya Federatsiyasi bilan chegarada hozircha hech qanday qoidabuzarlik qayd etilmaganini, ammo muhojirlar oqimi tufayli xavfsizlikni taʼminlash uchun zarur choralarni ko‘rishi mumkinligini aytmoqda. Bu haqda bosh vazir Yonas Gahr Styor maʼlum qildi. Bosh vazir Norvegiya Finlyandiya-Rossiya chegarasidagi vaziyatni kuzatib borayotganini va bu masala bo‘yicha Finlyandiya va Estoniya bilan aloqada ekanligini taʼkidlagan.

custom img

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

custom img

Eron kelgusi 50 yillik tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Mudofaa vazirligi mamlakatga kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik tahdidlarini o‘rganib, mudofaa siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishlarini belgiladi.

custom img

“Urush davom etayotgan paytda saylov o‘tkazish Ukrainani parchalab yuboradi” – Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakatda saylov o‘tkazish masalasini muhokama qilishdan avval urush sharoitidagi xavfsizlik muammolari va jamiyatdagi ehtimoliy bo‘linishlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlagan.

custom img

Rossiyada ikki Tojikiston fuqarosi ayollar kiyimida yurgani uchun deportatsiya qilinadi

Shuningdek, ularga nisbatan 10 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

custom img

Eron “Makka kelishuvi”ga qo‘shilish taklifini oldi

Tehron mintaqada umumiy “xavfsizlik soyaboni” yaratilishini ijobiy baholamoqda.

custom img

"Erkaklarning bir-birini quchoqlab, o‘pishi to‘g‘ri ish emas" — Toqayev

Qozog‘iston Prezidenti erkaklar, xususan, harbiylar o‘rtasida quchoqlashish odatini tanqid qildi.

custom img

Omskda qurilishdagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Hodisa oqibatida jami to‘rt kishi, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston fuqarolari halok bo‘lgan.

custom img

To‘qayev yangi prezidentlik muddatiga saylanishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi

Qozog‘iston yangi Konstitutsiyasi amaldagi prezidentga yana bir bor prezidentlik saylovida qatnashish imkonini berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"