Hindiston kanadaliklar uchun elektron viza berishni boshladi
Bu faqat sayyohlik va biznes maqsadida amalga oshirilmoqda.

Hindiston 2 oy deganda kanadaliklar uchun elestron viza berishni boshladi. Viza berishni to‘xtatib turish Kanadaning Hindiston hukumati kanadalik sikx separatistlari yetakchisining o‘ldirilishiga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqidagi daʼvosiga javob bo‘lgan edi. Bu harakat keskinlikni biroz yumshatishi mumkin bo‘lsada, yaqin kelajakda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar sezilarli darajada yaxshilanishi kutilmayapti.
Hozirda Hindiston Kanada fuqarolariga faqat sayyohlik va biznes maqsadlarida elektron vizalarni taklif qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo parlamentda Hindiston hukumati agentlari va Hardip Singx Nijjarning o‘ldirilishi o‘rtasidagi ehtimoliy aloqalar haqida xabar berganidan keyin ikki mamalakt o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashdi.







