"Biz oxirigacha — g‘alabaga qadar davom etamiz" — Netanyaxu
Isroil bosh vaziri G‘azo sektorini ko‘zdan kechirish jarayonida urushdagi uch maqsadini ochiqladi.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo sektorini aylanib chiqdi, u yerda askarlar bilan suhbatlashdi va topilgan tunnellardan birini ko‘zdan kechirdi.
“Biz G‘azoda qahramon jangchilarimiz bilan birgamiz. Biz o‘g‘irlab ketilganlarimizni qaytarish uchun barcha saʼy-harakatlarimizni qilyapmiz va oxir-oqibat ularning hammasini qaytaramiz”, — deb vaʼda berdi Isroil bosh vaziri.
"Ushbu urushda bizning uchta maqsadimiz bor: HAMASni yo‘q qilish, o‘g‘irlab ketilganlarning hammasini qaytarish va G‘azo sektori Isroil davlati uchun yana xavf tug‘dirmasligini taʼminlash".
"Men bu yerdagi do‘stlarimga, menga xuddi shu narsani aytadigan jangchilarga aytish uchun keldim va siz, Isroil fuqarolari, buni takrorlayman: biz oxirigacha — g‘alabaga qadar davom etamiz. Bizni hech narsa to‘xtata olmaydi va biz urushning barcha maqsadlariga erishish uchun kuch, iroda va qatʼiyatga ega ekanimizga aminmiz va biz buni amalga oshiramiz", — deya taʼkidladi Netanyaxu.







