Jahon

Finlyandiya Rossiya Federatsiyasi bilan chegarani butunlay yopishga tayyor

Mamlakat bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ularning chegara zonasidan mamlakatga qaytishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Finlyandiya Rossiya Federatsiyasi bilan chegarani butunlay yopishga tayyor

 

Xelsinki qochqinlar oqimi tufayli Rossiya Federatsiyasi bilan chegaradagi so‘nggi ishlovchi nazorat-o‘tkazish punktini yopishi mumkin, deya maʼlum qildi Bosh vazir Petteri Orpo Finlyandiyaning Suomi radiosiga bergan intervyusida.

 

"Agar kerak bo‘lsa, Finlyandiya sharqiy chegarani, uning barcha nuqtalarini yopadi va boshpana so‘rovlarini qabul qilishni sharqiy chegaradan tashqari boshqa joyga ko‘chiradi. Siz Xelsinki-Vantaa aeroportida yoki portlarida boshpana so‘rashingiz mumkin, lekin sharqiy chegarada emas", — degan u.

 

Shu bilan birga, bosh vazir "hatto bunday choralar ham Rossiya Federatsiyasi orqali Finlyandiyaga kelayotgan uchinchi davlat fuqarolari to‘lqinlari bilan bog‘liq muammoni to‘liq hal qilmasligi mumkin"ligini aytgan. Orponing so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ularning chegara zonasidan mamlakatga qaytishiga to‘sqinlik qilmoqda.

 

Finlyandiya Rossiya bilan chegaradagi 9 ta nazorat-o‘tkazish punktidan 8 tasini yopdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"