Jahon

Ilon Mask Isroilga yetib keldi

U Tel-Avivga safarini shaxsiy samolyotda amalga oshirdi.

Ilon Mask Isroilga yetib keldi



Amerikalik tadbirkor, Tesla va SpaceX asoschisi, X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘i egasi Ilon Mask Isroilga yetib keldi.

 

Ilon Mask Tel-Avivga shaxsiy samolyotda yetib keldi. Uning Isroil prezidenti Isxak Gersog, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu bilan uchrashishi, shuningdek, G‘azo sektori chegarasi yaqinidagi Isroil qishloqlariga tashrif buyurishi kutilmoqda.


Mask avvalroq X ijtimoiy tarmog‘idagi antisemitistik  postlar tufayli tanqid qilingan edi. So‘nggi haftalarda Mask X platformasida antisemitizm va natsistlarga oid postlari tufayli tanqid ostiga olindi. Xususan, u fitna nazariyasi tarafdorining yahudiy hamjamoalarini «oq tanlilarga nisbatan nafrat» tarqatishda ayblagan, shuningdek, antisemitizmga qarshi kurashuvchi Amerika yahudiylari tashkiloti - Antidiffamatsion liga «de-fakto oq tanlilarga qarshi irqchilik, osiyoliklarga qarshi irqchilik yoki har qanday irqchilikni targ‘ib qilishi» haqida yozgan tvitini qo‘llab-quvvatlagan.

 

Bundan tashqari, Media Matters notijorat tashkiloti Apple, Oracle va IBM reklamalariga eʼtibor qaratdi, ular X‘da Hitler va natsizmni maqtagan postlar yonida ko‘rsatilgan. Natijada, shu va boshqa baʼzi kompaniyalar Maskning ijtimoiy tarmog‘idagi reklamalarini to‘xtatishga qaror qildi

 

Eslatib o‘tamiz, hozirda Qatar vositachiligida erishilgan to‘rt kunlik sulh doirasida Isroil va HAMAS o‘rtasida asirlar almashinuvi bo‘lib o‘tmoqda.

custom img

Iyul AQSh tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi

Rekord darajadagi issiq 185 milliondan ortiq kishiga ta’sir ko‘rsatgan.

custom img

Kolumbiyadagi zilzila qurbonlari soni 224 kishiga yetdi

Mamlakatda milliy falokat holati e’lon qilinib, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

custom img

Livan o‘lim jazosini bekor qildi

Shu tariqa mamlakat arab dunyosida o‘lim jazosini rasman bekor qilgan birinchi davlatga aylandi.

custom img

Janubiy Afrikaning ayrim hududlarida kuchli qor yog‘di

G‘arbiy Keypdagi tog‘ cho‘qqilari ham qor bilan qoplandi. Mamlakat ob-havo xizmati ayrim hududlarda juda sovuq, yomg‘irli va kuchli shamolli ob-havo kuzatilishi haqida ogohlantirdi.

custom img

Tramp Eron tahdidi sabab Turkiyadan yashirincha harbiy samolyotda uchib ketgan

Tramp Turkiyaga NATO sammitida qatnashish uchun borgandi. Sammit yakunida esa Eron tomonidan unga qarshi suiqasd tahdidi aniqlanib, qaytish rejasi o‘zgartirilgan.

custom img

Bashar Asad o‘lim jazosiga hukm qilindi

Shuningdek Suriya sudi sobiq prezidentning ukasi Maher al-Assad va amakivachchasi, Suriyaning sobiq harbiy amaldori Atef Najibni ham o‘lim jazosiga hukm qildi.

custom img

“U ajoyib” — Tramp FIFA prezidenti Infantinoni qo‘llab-quvvatladi

AQSh prezidenti rahbari Janni Infantinoni lavozimidan almashtirish tashkilot uchun “dahshatli xato” bo‘lishini aytdi.

custom img

Messi otasining vafoti sabab futboldagi faoliyatini vaqtincha to'xtatdi

“Inter Mayami” klubi futbolchiga muddatsiz ta’til bergan, uning jamoaga qaytish sanasi hozircha noma’lum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"