Jahon

Ilon Mask Isroilga yo‘l oldi

Mask X ijtimoiy tarmog‘idagi antisemitistik postlar tufayli tanqid qilingan edi.

Ilon Mask Isroilga yo‘l oldi

Ilon Maskning Isroilga tashrifi prezident Isxak Gersog maʼmuriyati tomonidan tasdiqlandi. Mask avvalroq X ijtimoiy tarmog‘idagi antisemitistik postlar tufayli tanqid qilingan edi.

 

Isroil prezidenti Isxak Gersog 27 noyabr, dushanba kuni Quddusda X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘i egasi Ilon Mask bilan uchrashadi. U bir qator antisemitizm ayblovlaridan so‘ng mamlakatga tashrif buyurishga qaror qildi. Bu haqda The Times of Israel davlat rahbari idorasiga tayanib yozmoqda. 

 

Amerikalik tadbirkor bilan suhbatda Gersog «internetda antisemitizmning kuchayishiga qarshi kurash choralari zarurligini» taʼkidlamoqchi. G‘azo sektorida HAMAS tomonidan garovga olingan baʼzi shaxslarning oila aʼzolari ham uchrashuvga qo‘shilishi kutilmoqda. 

 

So‘nggi haftalarda Mask X platformasida antisemitizm va natsistlarga oid postlari tufayli tanqid ostiga olindi. Xususan, u fitna nazariyasi tarafdorining yahudiy hamjamoalarini «oq tanlilarga nisbatan nafrat» tarqatishda ayblagan, shuningdek, antisemitizmga qarshi kurashuvchi Amerika yahudiylari tashkiloti - Antidiffamatsion liga «de-fakto oq tanlilarga qarshi irqchilik, osiyoliklarga qarshi irqchilik yoki har qanday irqchilikni targ‘ib qilishi» haqida yozgan tvitini qo‘llab-quvvatlagan.

 

Bundan tashqari, Media Matters notijorat tashkiloti Apple, Oracle va IBM reklamalariga eʼtibor qaratdi, ular X‘da Hitler va natsizmni maqtagan postlar yonida ko‘rsatilgan. Natijada, shu va boshqa baʼzi kompaniyalar Maskning ijtimoiy tarmog‘idagi reklamalarini to‘xtatishga qaror qildi. 

custom img

Rossiyada YTH oqibatida ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Marhumlarning jasadlari sud-tibbiy ekspertizadan so‘ng O‘zbekistonga qaytariladi.

custom img

Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston qo‘shma mudofaa kelishuvini imzoladi

Tomonlar bir davlatga qarshi qurolli hujumni uchalasiga qarshi hujum sifatida ko‘rishga kelishdi.

custom img

To‘qayev Putinni Ukraina urushini to‘xtatishga chaqirdi (Tahlil)

To‘qayev Putin bilan uchrashuvda Ukrainadagi urushni to‘xtatishga chaqirdi. To‘qayev buni qanday epladi?

custom img

Sun’iy intellekt yordamida tabiatda uchramaydigan viruslar yaratildi

AQSH olimlari sun'iy intellekt yordamida tabiatda mavjud bo‘lmagan 16 ta yangi virusni yaratishga muvaffaq bo‘ldi.

custom img

Tramp AQShda “tug‘ilish turizmi”ga chek qo‘ydi

AQSh prezidenti mamlakatga farzand tug‘ish maqsadida kelib, bola orqali fuqarolik olish amaliyotini taqiqlovchi farmonni imzoladi.

custom img

Quvayt mamlakatdagi yagona Eron maktabini yopdi

Rasmiy sabab ochiqlanmagan bo‘lsa-da, qaror mintaqadagi keskin geosiyosiy vaziyat fonida qabul qilingani qayd etilmoqda.

custom img

Yevropadagi jazirama iqtisodiyotga 800 milliard yevrogacha zarar yetkazishi mumkin

Eng yirik moliyaviy yo‘qotishlar Fransiyada kuzatilishi mumkin.

custom img

Ukrainaning AQSHdagi sobiq elchisi noqonuniy boylik orttirishda gumon qilinmoqda

Olga Stefanishina qariyb 310 ming dollarlik mol-mulkni yashirganlikda va noqonuniy boylik orttirganlikda gumonlanmoqda. Diplomat ayblovlarni rad etgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"